Суббота, 27.04.2024, 17:27
XUSH KELIBSIZ!!
Главная Регистрация Вход
Приветствую Вас, Гость · RSS
Bo`limlar
Yangiliklar [5]
Qiziqarli xabar va yangiliklar
Saytimiz menyusi
Kirish turi
Qidiruv
Kalendar
«  Апрель 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
 SHE`RLAR

    Sen…

Sen ilk bora majbur etding,
Qalam oldim qo’limga.
She’rlar yozdim pala-partish,
Neki kelsa ko’nglimga.
Hamon ko’nglim g’amga to’lsa,
Seni esga olaman.
Yurakdagi g’am-alamni,
She’rga to’kib solaman.
Hatto xursand paytimda ham,
Oldimdasan namoyon.
Yosh qalbimni yaralading,
Yaralading beomon.
Sendan menga bir yodgorlik
Qoldi qalbimda mangu
O’sha tuyg’u hayollarim,
Qog’oz va qalamdir- u.
Mening doim tilagim shu
Gullar to’lsin yo’lingga.
Tuproqlar ham oltin bo’lsin
Gar sen olsang qo’lingga.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.


G’urur

U bosh egib mening qarshimda,
Uzr so’rab boqqanda ma’yus,
Bir qayrilib qaramadim ham,
Mag’rur ketdim yo’limda so’zsiz.
Qalbim shunda dedi: "Bir qara,
Yana keldi o’sha dilporang”,
Lekin g’urur bermadi ruxsat,
"Boqma, dedi – ketaver so’zsiz”.
Qalbim hamon deydi o’shani,
Har ko’rganda o’girsamda yuz.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.

****************

Kechir…

Qaydan ham men seni qayta uchratdim,
Qaydan ham ko’rinding mening ko’zimga,
O’zimni yo’qotdim vujudim yondi,
Yurak bo’ysunmadi aqlim so’ziga.
Ko’krak torlik qildi yurakka go’yo,
O’zimni his etdim ojiz, bemajol,
Bu qanday sirli his, qandayin jodu,
Men sening qarshingda turibman behol.
Kechir ko’zlaringga tik boqolmadim,
Yo’q bunga yetmaydi sira bardoshim,
Hali boqmay turib yongan yuragim,
Bordi-yu … yo’q kechir, kechir quyoshim.
Men seni sevardim sevganligim rost,
Men senchun, sen menchun edik yagona,
Bu kimning aybidir, kimning gunohi?
Men senchun, sen menchun tamom begona.
Qaytadan qo’zg’aldi o’sha his armon ,
Vujudim yonadi yana beomon!...
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Ko’klamim- qalam

Kimgadir ishq sozi bo’lib, kimga ilm quroli,
Yuraklarga nur sochasan, qog’oz yuzin qoralab.
Ko’klam yurtni obod etar ko’z-ko’z qilib sepini,
Sen-chi ezgulik ekasan, yuraklarni oralab.
Ko’klam qishning qorlarini eritsa gar muz qilib,
Sen-chi ba’zi muz qalblarni eritasan solib ishq.
G’unchalarning lablarini kuying bilan ochasan,
Qorli qirni maysalarga burkab kuylaysan qo’shiq.
Ko’klamning bu jilolari jilomidi seningsiz,
Jildir-jildir jilg’alarga boqarmidim suq bilan.
Yaratishing , yashnatishing bunyodkorliging bilan,
Axir o’zing ko’klamsan-ku, mangu hamrohim-qalam.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.




Bilolmadim…

Ba’zan ajratolmay hayron qolaman,
Aytgin o’ngimmisan yo tushimmisan,
Yo yigirma yilki izlab topmagan,
O’sha mening noyob baxt qushimmisan.
Goho atrofimda bo’lib parvona,
Meni hech cheki yo’q baxtga chulg’aysan.
Goho yiroqlashib sarob misoli,
Meni vasvasaga solib qiynaysan.
Ba’zida termulib, ba’zida kulib,
Xatto tushlarimda bermaysan orom.
Uzukkun hayolga band etib qo’yding,
Tashvishsiz onlarim yo’qoldi tamom.
Bilmadim neliging bilolmay qoldim,
Shunchaki havasmi, sevgimisan yo…?
Yuragim javob ber bu qanday tuyg’u,
Do’stlar! Ayting axir bu qanday savdo?


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.


Agar chindan sevsang…

Qo’y meni qo’limdan tutma beibo,
Chorlama hilvatga qorong’u tunlar.
Ko’zlarimga boqma hayosizlarcha,
Senga yarashmaydi do’stginam bular.
Yaxshisi eng yaqin sirdoshim bo’lib,
Yaxshi-yomon kunda bo’l menga hamdard.
Ag’yor ig’vo qilsa shubhaga bormay,
Qaytanga ruhimga bo’l o’zing madad.
Nomimni pok saqla tushirmasdan dog’,
Senga hamroh bo’lsin shaffof orzular.
Behuda rashkni qo’y ig’voga uchma,
Haqiqat oldida bir pul-ku ular.
Agarda sevishing rost bo’lsa meni,
Vafo va sadoqat bo’lsa shioring.
Barini javobsiz qoldirmam sira,
Qat’iydir mening ham axdim, qarorim.
Men seni boshimda, jaftimda emas,
Yurak parchasidek asrarman har dam.
Baxt olib, nur olib, baraka olib,
Bir kun ostonangga qo’yurman qadam.
Agar chindan sevsang…
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.


Yig’layotgan qizga

Ko’z yoshlar… Beg’ubor ko’z yoshlar,
Yuvmoqchi bo’lgandek dildagi g’amni,
Oqizib ketmoqchi bo’lib alamni,
Dumalab tushmoqda yuzlardan,
U oddiy shunchaki yosh emas,
Pokiza bir qalbning faryodi,
Ig’volar, bo’xtonlar, g’iybatlar,
Va yana xasadning qurboni.
Behuda ketmagay bu yoshlar,
Kimnidir ko’r qilar bu aniq,
Chunki u shu qizning qalbidek,
Tip-tiniq, tip-tiniq, tip-tiniq.
Qo’rqaman ko’r qilib qo’ymasa,
Shu dilbar qizchaning o’zini,
Yoki shu qizni deb o’rtangan,
O’sha mard yigitning ko’zini.
Ko’z yoshlar … Bu ikki dilnimas,
Ko’r qilsin ig’vogar dillarni,
Qchongacha qon qaqshab bular,
Shami yongay ekan ularni ?!
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Yaraldi


Ko’klamning hush hidlari,
Sabo bo’lib taraldi,
Bitta o’tli nigohdan ,
Ishq savdosi yaraldi.
Ishq degani azobdir,
Ishq degani rohatdir,
Odam Ato gunohidan,
Shoh-u gado yaraldi.
Muhabbatni gunoh derlar,
Gunoh derlar odamlar,
Odam ato gunohidan ,
Ushbu dunyo yaraldi.
Agar sevmoq gunoh bo’lsa,
Men botay gunohlarga,
Qo’yib bering shu gunohdan,
Qalbda navo yaralsin!


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Soflik


Odamlarni bir biriga bog’lab turgan bu- soflik,
Tuyg’ularning, kulgularning, orzularning sofligi.
Shu zaminni, shu osmonni asrab turgan tuyg’u ham,
Odamzodning tilaklarin musaffo, shaffofligi.
Shu soflik qarshisida ba’zi qora yuraklar,
Asrdan asr osha ojiz qolib keladi.
Umrim bo’yi shu soflikka tashna edim, tashnaman,
Kimning bo’lsa yuragi sof, shunga doim oshnaman.
Shu soflikka darz ketsa gar, uni tiklab bo’lmagay,
Lekin shaffof tuyg’ularni toptamoqlik bir muddat.
Shu sofliksiz yashamoqlik mumkin emas naznimda,
Bu tushunchang soxta deya mendan kulmangiz xolos.
Va bordi-yu shu tushuncham chindan soxta bo’lsa ham,
Uni butun umr bo’yi sezmay o’tay iltimos.
Shu zaminni, shu osmonni asrab turgan tuyg’u ham,
Odamzodning tilaklarin musaffo shaffofligi.
Shu soflikni asrang do’stlar bu odat insonga xos!

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Mayda-chuydalar


Mayda-chuyda gaplar, mayda odamlar,
Naqadar quloqqa yoqmaydigan so’z.
Haqiqiy va soflik qarshisida bular,
Naqadar g’aribdir, naqadar ojiz.
Men uchun xavflimas, achchiq haqiqat,
Men undan qo’rqmayman bo’lsa ham og’ir.
Bilsangiz men uchun eng daxshatlisi ,
O’sha mayda gaplar g’iybat ig’vodir.
Shular loylatadi sof, tiniq suvni,
Shaffof tuyg’u o’rnin egallar gumon.
Guldan nozik bo’lgan yurakkinamni,
Qaqshatishi mumkin, topsa gar imkon.
O’sha maydalardan yiroqman hayriyat,
Mayda-chuydalarga bermam e’tibor.
Lekin menga alam qilgani faqat,
Unga ishonuvchi do’stlarim ham bor.


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Ishonch qushi


Oldin ishonch qushining bir qanotini sindirdilar,
Keyin ikkinchisini…
Endi bu qush na ucha oladi va na qo’nadi.
Faqat jon berolmay ingraydi xolos.
Befarqlik yarashmas inson degan nomga,
Befarqlik- isnod.
Endi bu qushni mehr bilan ,
Ha o’tli mehr bilan davolamoq shart.
Yoki yana bir o’q bilan,
Butunlay o’ldirmoq lozim.
Mayli, xoh davolang, xoh otib tashlang,
Sizda ixtiyor.
Faqat orom bering bu ojiz qushga.
Ha faqat orom… !


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Umid

"Umidsizlik uyin buzsam,
Umidimga yetaman.”
(Xalq maqoli)

Ma’sud onlarimni kuzataman jim,
Qo’l siltab qolaman ortidan ma’yus.
Shubhalar o’raydi ko’nglimni bir zum,
Soxtadek tuyular so’zlar ham so’zsiz.
Bir-bir hayolimdan o’tar barchasi,
So’ngra bir juft ko’zlar qoladi yolg’iz.
Hayratlarga to’lgan beg’ubor ko’zlar,
Yana yuragimga baxsh etar umid.


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Sevgim


Hech qanday manfaatga asoslanmagan,
Hatto aqlimga ham bo’ysunmaydigan,
Amaldan, mol-dunyo, obro’dan kechgan,
Telbalarcha sevgi- mening bu sevgim.
Uning bor qadri ham ana shundadir,
Har qanday manfaat ham unga tamom yot,
Hatto uning qo’lin tutmoqchimasman,
Faqat hayolimda olib yursam bas,
Telbalarcha sevgi- mening bu sevgim.
Osmon ham mo’jiza, yer ham mo’jiza,
Hayot ham mo’jiza va yana u ham…,
Shular qarshisida hayratdan lolman,
Boshqasin tan olmam, o’ylolmayman ham,
Telbalarcha sevgi- mening bu sevgim.
Unda bir ilohiy qudrat bor go’yo,
O’zi ham sezmaydi bu qadarligin,
Yana hayrat bilan boqib ko’zimga,
So’zlaydi o’zining mendan kamligin,
Telbalarcha sevgi- mening bu sevgim.
Yo rabbim bunchalar kamtar bo’lmasa,
Ehtimol faqat shu hislati uchun,
Men uni hammadan ortiq ko’rarman,
Hatto o’zimdan ham ortiq sevarman,
Telbalarcha sevgi- mening bu sevgim.


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Nigohlaring…


Shu lahza nelarni istayotirman,
To’g’risi halaqit bermasa hech kim.
Qaytib sovuq nima bilmasdi hech ham,
Qaynoq kaftlaringga qo’ysam muz qo’lim.
Sen ta’na qilgandek yuragim ham muz,
Lekin eritolmas hech kim kaftida.
U faqat simobday erishi mumkin,
Sening nigohlaring issiq taftida.


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Hayol


Shu lahza hech kim halaqit bermasa menga,
Har bir qadamimni qilmasa ta’qib.
Borsam-u, qoshida o’tirib bir zum,
Ma’sum ko’zlariga boqsam tikilib.
Kimningdir izmida yashamayotgan bo’lsam,
Erkimni bermagan bo’lsam bo’lishib.
Vujudim va aqlim yo’lim to’smasa,
Ko’zlariga boqsam men to’yib-to’yib.
Uning hatto qo’lin ushlamasdim ham,
Faqat ko’zlariga boqardim xolos.
Axir uning ma’sum, alamli ko’zi,
O’z holimga erkin qo’ymayapti bas…

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Nechun

Qandaydir qaysar his qalbimda hokim,
Aqlim yenga olmay kurashar yonib.
Qalbim faryod qilib beun, serqiynoq,
Qo’lga qalam berar, kelay deb g’olib.
Va yozmoqchi bo’lib faryodin sirin,
Qalbimni tutaman so’ngsiz so’roqqa.
Muddaong nimadir ey telba ko’ngil,
Nechun o’zni buncha solding qiynoqqa?!


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.




Onajon

Onajon men sendan qolgan yodgorlik,
Ko’hna dunyo hamda go’zal hayotga.
Sening hayotingni davomi bo’lib,
Yashayapman baxtni ortmoqlab ortga.
Sen qanday sevarding go’zal hayotni,
Aziz odamlarni… gulni… va yana…
Ne baxtki shu hislat, fazilatingni,
Menga meros qilib ketibsan ona.
O’zim ona bo’lgach angladim, mana
Bu shunchaki jo’n gap emasligini,
Nuqson emas fazilatni meros qoldirib,
Barchaning qo’lidan kelmasligini,
Sening qalbingdagi so’nmas mehrni,
Barmoqlaringdagi ajib sehrni,
Men ham farzandimga qoldirsam meros,
Dunyoda eng baxtli ona desa rost.


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Shuni bilsayding

"…Ko’zim qarog’iga kel ey,
mardum kibi Vatan qilg’il”
(A. Navoiy)
Ko’zlaringning qorachug’i ,
Vatan bo’lsaydi menga.
Yuragingni qo’lga olib,
Rubob qilib chertardim.
Undan shunday ezgu kuylar,
Taralardiki, ehe.
Uni tinglab bu dunyodan,
Men armonsiz o’tardim.
Ko’zlarimning qorachug’i,
Vatan bo’lsaydi senga.
Yuragimni qo’lga olib,
Balki sen ham chertarding.
Undan shunday ezgu kuylar,
Taralardiki, ehe.
Uni tinglab balki sen ham,
Hech armonsiz o’tarding.
Shuni bilsayding…

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Alishmayman


Alishmayman sof sevgi yo’lida
To’kilgan bir soatlik achchiq ko’z yoshni,
O’tkinchi havas yo’lidagi bir yillik kulguga
Men sizga havas qilmayman,
Muhabbatsiz, iztirobsiz, sokin yashashni- baxt deb bilguvchi kimsalar.
Men sizga havas qilmayman. Tirik turib sevgilisini g’animga topshirib, taqdirga tan berib yashayotgan kimsalar.
Men sizga havas qilmayman.
Hayotning barcha qonunlariga bo’ysunib, muhabbatsiz ham yashash mumkin-ku, degan aqidaga amal qilib, eng muqaddas tuyg’udan bexabar yashayotgan kimsalar,
Men sizga havas qilmayman.
Baxtini, quvonchini, tashvishini o’zi chin yurakdan yoqtirmagan kishisi bilan baham ko’rayotgan kimsalar.
Men sizga havas qilmayman.
Aldanib sevgili bo’lgandan ko’ra, ayrilib qon yig’lab o’tgan yaxshiroq.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.



Ishonch- bu sevgi


Siz har doim der edingiz, ishonch- bu sevgi,
Shu ishonchning bir qanoti singanmish yo rab.
Axir shunday muqaddaslik buyuk his haqqi,
Jim turmoqlik gunoh axir befarqga o’xshab.
Ishontiring hatto qasam ichib bo’lsa-da,
Garchand qasam yomon narsa, ichmoqlik og’ir.
Ilohiy kuch- sevgi- ishonch qarshisida u,
Hech narsaga arzimaydi, arzimas axir.
Ishonchimning bir qanoti singanga o’xshar…
Noxos xomush tortib qoldi, chaqnagan ko’zim.
Shubha degan bir nohush o’y qalbni kemirar,
Begonadek bo’lib qoldim o’zimga- o’zim…


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.





Muqaddas chechak

Bugun qalbda gullamoqda oppoq-oppoq bir chechak,
Bir chechakki har bargida soflik so’zi mujassam.
Bir chechakki oq bulutdek yotar toshib- ko’pirib,
Bir chechakki unga fido mayli jon ham jahon ham.
Shu chechakni o’ylayverib ba’zan holim quriydi,
Istasam ham istamasam nish urmoqda beruxsat..
Nima qilay bir nafas ham o’z holimga qo’ymaydi,
Goh vujudim orom istar… orom istar bir fursat.
Shu chechakni shart yulsam-u, bor azobdan qutulsam,
Kurtagida ezg’ilasam, ko’zimni shart yumgancha.
So’ngra orom topamanmi, topamanmi aytinglar,
Yoki azob orttirgummi, qutulolmay aksincha.
Haqqim bormi nolimoqqa bekor undi deb chechak,
Shu chechaksiz qalbim bog’i oromdaydi demoqqa.
Haqqim bormi tabiatning in’omidan yuz burib,
Bir umrga vujudimni tashlashga zor qiynoqqa.
Yo’q yulmayman, yo’q otmayman bu muqaddas chechakni,
Bu chechakka yetganlar bor, yetmaganlar… benavo
Sug’oraman uni ishonch, umid degan his bilan
Shu chechaksiz inson degan nom ham axir noravo.
Yo’q yulmayman…

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.




Ko’ngil

Yuragimda sira o’chmas manzaralar bor,
Eng nohushi bu sen solgan nohush tuyg’ular.
Qahraton qish nafasidan derazalarga,
Tushib qolgan muz izlarga o’xshaydi ular.
Derazaga tushib qolgan muz manzaralar,
Erta ko’klam keladi-yu, ketadi erib.
Lekin mening yuragimga sen solgan izlar,
Erimaydi to abadga qolar muz bo’lib…


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.





Yupanch


Olislarda qolib ketgan elas-elas tumanim,
Xotiralar girdobida chuvalanar o’ylarim.
Unutilib ketay degan titroqli bir tuyg’udan,
Hayajonga to’lib- to’lib yangrab ketgan kuylarim.
Bir umrga shu qo’shiqning og’ushida qolmoqlik,
Ming urinmay eh baribir kelmadi-ku qo’limdan.
Men nedanki qoshgan bo’lsam bu hayotda doimo,
O’chakishgan kabi go’yo chiqib turar yo’limdan.
Tuyg’ularni asrolmadim sofligicha ketdi darz,
Hayot nomli bir zo’r oqim- ko’mib ketdi hislarim.
Qolgan- qutgan xotiralar uyumini paypaslab,
Men ularning orasidan qalbga yupanch izladim.


Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.




Suluv


Suluv bir kelinchak… suluv bir go’dak…
Suluv bir manzara… suluv bor jahon,
Suluvlikdan shu payt jonim oromda,
Suluvlikka timsol edi shu juvon.
Beshik tebratmoqda u alla aytib,
Ko’zida bir alam quvonch hayajon.
Har bir tebranishi go’dakka orom,
Beshik tebratmoqda suluv bir juvon.



Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.





Qatralar
XXXXX

Dunyo dunyoligini, unda tashvishlar borligini, unda xatto yomon odamlar borligini unutaman, seni o’ylasam.

XXXXX

Yurakda shunday tuyg’ular bor-ki, ularni faqat she’r bilan aytish mumkin.

XXXXX

Shaffof tuyg’ularga otmoqdalar tosh
Shu toshdan mumkin qalb bo’lmog’i chil-chil.
Bu dunyoning sirlarini qo’yib turing bir chetga
Men o’zimning yuragimni tushunolmay hayronman.

XXXXX

Hayot go’zal, chunki hayotda yomon odamlardan yaxshilar ko’proq. Lekin baribir u yaxshimi, yomonmi umri juda qisqa, ayniqsa quyoshning, zaminning umriga nisbatan bir zumlik xolos. Lekin baribir shu ko’hna zaminning umridan, shu nurli quyoshning umridan muhabbatning umri boqiyroq. Ha, dunyoda faqat ana shu umri qisqa insonning sevgisigina abadiy qoladi…

XXXXX

Sendan ayru tushib qayga borardim.
Qaysi bir toshlarga urar edim bosh?!

XXXXX

Men uni topaman bir kunmas-bir kun
Lekin topgunimcha bu jonim halak.

XXXXX

Men seni qalbimdan sug’urib tashlayman
Garchand ildiz otib ketgan bo’lsangda.

XXXXX

Do’stlarning yo’liga zor etma taqdir
Dushman kulgusiga aylama duchor
Do’stlar suhbatidan ayru tushurib
Nomardlarga lafzim xor etma taqdir.

XXXXX

Men sening birinchi va oxirgi muhabbating bo’lishni istardim, bordi-yu unday bo’lmay qolsa ham sen mening birinchi va oxirgi muhabbatim bo’lib qolasan.

XXXXX

Quloqlarim ostida yangrar shu nafas,
Odamiylik odamdan yuqoridir degan gap.

XXXXX

Men quyoshning kulib boqishidan
G’unchaning lab ochishidan
Bulbulning navosidan
Bahorning havosidan
Cheksiz lazzat olaman.
Farzandlarning tug’ilishidan
Va kamolga yetishidan sevinaman.
Pastkashliklardan, vayronagarchiliklardan jirkanaman…
Demak insonman…

XXXXX

Sevgini qasoskor derlar, odatda, mensimay qo’ysalar olar emish o’ch…

XXXXX

Onajon, sening fazilatlaringni,
Tog’dek buyuk qalbingni,
Ummon qadar mehringni
O’z she’rimda aks ettira olmasam,
Men ham farzand bo’ldimmi?!

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.


To’rtliklar

XXXXX

Men tasodiflarni yoqtirmam sira,
Va tasodiflardan yashayman qo’rqib
Seni tasodifan uchratgan edim
Tasodifan esa qo’ydim yo’qotib.

XXXXX

Jon ipini uzardi,
Bu kuy bitta- bittalab
Ishq dardiga yurakni,
Tutardi sixga qadab.

XXXXX

Derazamda shahrim tasviri
Yuragimda yashar odamlar.

XXXXX

Ko’zlaringda ajib bir nur yonadi,
Unda picha shodlik va picha g’am bor
Baxtga tashnaligu, hadik hamda ishq
Ming bir rangga to’la sirli olam bor.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Xolbekova Mehriniso Qobuljon qizi.
Tel: (+99867) 706-75-28.





Tarjimai hol

Xolbekova Mehriniso Qobulovna- 1952-yil, 18-dekabr kuni Sirdaryo shahrida tavallud topgan. Hozirda Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi Guliston Davlat Universitetida Katta o’qituvchi lavozimida ishlaydi. Maktab yoshidanoq uning she’rlari "Sirdaryo” va "Sirdaryo haqiqati” ro’znomalarida va keyinchalik Respublika ro’znoma va oynomalari ( "Saodat”, "Sharq yulduzi” va "Yoshlik” kabi) da chop etilgan. U 1974-yildan to 1988-yilgacha "Sirdaryo haqiqati” ro’znimasida muhbir bo’lib ishlagan. 1989-yildan hozirgacha Guliston Davlat Universitetida faoliyat ko’rsatmoqda. Oilali, 5 nafar farzandi bor va 9 nafar nabiraning buvisi.


























Copyright MyCorp © 2024
Bizning so`rov
Оцените мой сайт
Всего ответов: 146
Arxiv
Kichkina chat
200
Saytimiz do`stlari
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Malumot

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0