Пятница, 10.05.2024, 22:33
XUSH KELIBSIZ!!
Главная Регистрация Вход
Приветствую Вас, Гость · RSS
Saytimiz menyusi
Kirish turi
Qidiruv
Kalendar
«  Ноябрь 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
 Дневник
Главная » 2010 » Ноябрь » 3 » “Ismoil”ingiz kim? (Ta’sirchan maqola)
21:58
“Ismoil”ingiz kim? (Ta’sirchan maqola)
Ibrohim alayhissalomning hayoti meni ko’p hayratga soladi. Ayniqsa Ismoini qurbon qilish haqidagi hikoyani o’qishga yuragim betlamaydi. Ibrohim qanaqa otaki, o’z farzandini o’z qo’li bilan qurbonlik qilsa, deb ajablanaman. "Hamma narsaga yetgan aqlim shunga kelganda nimagadir oqsaydi”, pand beradi.

Biron voqeani tushunishga qiynalsam, bosh qahramonning o’rniga o’zimni qo’yib ko’radigan odatim bor. Bu ko’pincha foyda beradi, ammo qurbonlik voqeasida bu uslubni qo’llaganimga pushaymonlar bo’lib ketdim. O’glimni yonimga o’tirg’izib, Ibrohimni ahvolini tasavvur qilib ko’rmoqchi edim, "Dada, nimaga menga termulib o’tiribsiz” deb bo’yimga osilib, badtar xo’rligimni keltirib yubordi.

Bitta odamni boshiga buncha ko’p sinov yuborilganini men hazm qilishga qiynalaman. Butun umr Alloh yo’lida xizmat qilsa-da, Ibrohim alayhissalom tinimsiz sinovlar ichida yashadi. Butparastlarga qarshi kurashdi, Namrudga tik gapirdi, olovga uloqtirildi, umrining oxirida notanish o’lkalarga bosh olib ketdi, farzandsizlik bilan sinaldi…

Keksayganida Alloh unga kuttirib, sog’intirib farzand berdi. Ammo endi farzand rohatini ko’rish arafasida, u yana sinovga tortildi-tushida Alloh Ibrohimga yolg’iz o’g’lini qurbonlik qilish haqida buyruq berdi. Bunda nima hikmat bor, deb o’ylanib qolaman? Xo’sh, biz uchun mantiqsizdek ko’ringan bu voqeadan qanaqa xulosa chiqarsak bo’larkin?

Balki bu bizga hech qachon xotirjamlikka berilmaslik kerakligini o’rgatar? Balki avvalgi xizmatlarimiz bilan aldanib qolmaslikni tushunishimiz kerakdir bu voqeadan? Balki o’zimizni zaifligimizni doim yodda tutish uchun eslatmadir bu? Balki shod-xurramlik ko’zimizni ko’r qilib qo’yishidan ogohlantirayotgandir Ibrohim alayhissalom hikoyasi? Balki darajamiz yuksalgan sari sinovi ham og’irroq bo’lishi, qancha balandga ko’tarilsak, shuncha yomon yiqilishimiz mumkinligi aytilayotgandir bizga?
Ibrohim alayhissalom qanday qilib o’z farzandini, umrining mevasini, qalbining xotirjamligini, hayotining ma’nosi va mazmunini, yakkayu yolg’iz o’gli Ismoini yerga bosib, bo’g’ziga pichoq tortgn ekan? O’ylasam yuraklarim ezilib ketadi.

Agar bu ish faqat Ismoilni qurbon qilish bilan yakun tospsa qaniydi? Yo’q. Eng yomoni-endigina ulg’ayib kelayotgan Ismoil bu olamni tark etishi, keksayib qolgan Ibrohim esa bu ayriliqni ko’tarib hali yashashi ham kerak edi!

Ibrohim alayhissalomning butlarni parchalab tashlashga kuch topgan metin irodasi ham shu yerda erib ketgan bo’lsa ajablanmayman.
Qaniydi, kimdir bizga Ibrohim os’handa nimalarni o’ylaganini so’zlab bersa? Qanaqa fikrlar o’tgan ekan u zotning xayolidan?

Ibrohim uchun nima afzal-Allohga bo’lgan muhabbatmi yoki o’z-o’ziga hurmat? Payg’ambarlik ma’suliyatimi yoki otalik burchi? Allohga bo’ysunishmi yoki oilaga sodiqlik? Iymonmi yoki ichki tuyg’u? Hikmatmi yoki ayni vaziyat? Aqlmi yoki hissiyot? Ma’suliyatmi yoki rohat? Javobgarlikmi yoki haq-huquq? Eng muhimi, Allohmi yoki Ismoil?

Bilasiz, Ibrohim alayhissalom qaror bersihga shoshilmadi. Shoshilolmadi. Ichidan nima o’tgan bilolmadik, ammo ma’lum bir fursat ikkilanib yurdi. Faqat uchinchi martra buyruq berilganidan keyingina u Allohning buyrug’ini bajarishga o’zida kuch topa bildi.
Hammamiz yaxshi bilamiz- agar haqiqat hayot yo’limizga teskari turmasa, haqparvar bo’lib olamiz. Ammo haqiqat bizning zararimizga xizmat qilsa, muammoga sabab bo’lsa, boshimizni og’ritsa, o’zimizni olib qochishimiz aniq.

Shayton juda makkor. Qayerdaki qo’rquv, zaiflik, shubha, ikkilanish, g’urur va hatto dunyoviy narsaga muhabbat yuzaga kelsa, o’sha yerda o’zini ko’rsatadi. Xohlang mantiqni ishga tushiradi, xohlang mantiqsizlik sabab qilib ko’rsatiladi. Diniy, dunyoviy, xohlagan mavzuingizda sizga bahona topib bersihga qodir.
Ibrohimda bahona bo’lmagan deysizmi? "Qurbon qilish” lafzini xohlasa "O’z man-manligini qurbon qilish” deb talqin qila olmasmidi? Bu tush bo’lsa, Ismoilni boshqa narsaga tafsir qiib bo’lmasmidi? Balki Ismoil emas, Ismoilga bo’lgan muhabbatni qalbidan o’chirib tashlash so’ralgandir? Ibrohim alayhissalom ancha aqlli inson edi, xohlasa tushini bulardan-da ishonchliroq boshqa usullarda tafsir qilib olardi!
Ammo u, Allohning eng yaqin do’sti, nafsi xohlamasa-da, buyruqni to’g’ri ma’noda qabul qildi.
Minoda ro’y bergan ota-o’g’il suhbati meni badtar karaxt ahvolga solib qo’yadi.
Ibrohim Ismoilga dedi: "Ey o’g’ilcham, men hadeb tushimda seni qurbonlik uchun so’yayotganimni ko’rmoqdaman. Endi sen o’zing nima fikr qilishingni bir o’ylab ko’rgin”.
Otaning o’rniga qo’yib, shu so’zni farzandingizga ayting-chi! Yo’q, yaxshisi farzandning o’rnida turib otangiz tarafida shu murojaatni tinglang. Nima deb javob qaytarasiz?

Ismoil sukut saqlasa bo’lardi. Otasini bu ishdan qaytarishi ham mumkin edi. Ammo Ismoil ham balog’atga yetgan, qalbiga iymon o’rnashib ulgurgan ekanki, ajoyib tarzda javob qaytardi. Hatto otasining shubha-gumonlarini ham tarqatib yuboruvchi yupanch so’zlarini aytdi: "Ey otajon, sizga buyurilgan ishni qiling. Inshoolloh, meni sabr qilguvchilardan topursiz”.
Tavba, Ibrohim o’g’li bilan uni qurbon qilish haqida maslahatlashdi. Ibrohim qurbonlik qilishni tanladi. Ismoil o’z-o’zini qurbon qilishga rozi berdi.

Shu lahzalarda Ibrohim o’zini qanday tutib turgan ekan-a? Balki istalgan lahza shayton uni yo’ldan ozdirishi mumkinligini, qo’lidagi pichoqni uloqtirib yuborib, o’g’lini bag’riga bosishni o’ylagandir. Ammo u o’zini qo’lga oldi, pichoqni zo’rg’a tutib turgan qo’llari va ikkilanish bilan olishayotgan qalbiga madad bo’lsin deya Ismoilni peshonasi bilan yerga yotqizdi. Va… bo’g’ziga pichoq tortdi!

Keyin pichoq Ismoilni so’ymagani, uning evaziga Jannatdan katta bir qo’chqor tushirilgani va "Ey Ibrohim, darhaqiqat sen tushingni ro’y-rost bajarding” deb nido qilingani hammamizga yaxshi ma’lum.
Ismoil Ibrohim alayhissalom uchun yolg’iz farzand edi va u yolg’iz farzandidan voz kechishga o’ziga kuch topa bildi. Xo’sh, ayting-chi, bizning "yolg’iz farzandimiz” kim? Biz uchun hozir nima Ismoil darajasida qadrli? Uni qurbon qilishga o’zimizda kuch topa olamizmi?

Balki bu obro’yimizdir? Diplomimiz? Lavozim? Boylik? Uy? Mashinadir balki? Sevgilimiz? Oilamiz? Kasbimiz? Libosimiz? Ruhimiz? Go’zalligimiz? Kuchimiz? Yoshligimiz? Karyera? Kim biladi deysiz, bu ro’yxatni xohlagancha davom ettirish mumkin.
Ibrohimning ko’zi bilan qaraylik-chi, biz uchun nima Ismoil bo’lib ko’rinar ekan? Nima bizning ibodatimizni sustlashtiradi? Nima bizni harakatdan to’xtatib turibdi? Nima bizning ma’suliyatimizni cheklab qo’ygan? Nima bizning quloqlarimizni kar, ko’zlarimizni ko’r qilishi mumkin? Kerak bo’lsa uni qurbonlik qilishning uddasidan chiqa olamizmi?

Ibrohimga oson bo’lmagan, shayton uni uch marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgani va hozir o’sha voqea isboti sifatida Haj marosimida shaytonga uch joyda tosh otilishi odatga aylangan. Xo’sh, bizni shayton necha marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lar ekan? Eng muhimi, shayton bu ishning uddasidan chiqarmikan yoki Ibrohim alayhissalom misolida mag’lubiyatga uchraydimi?

Yaxshilab o’ylab ko’ring! Agar qurbonlikka kuchingiz yetsa, unda tasanno! Unutmang, Alloh Ismoilning qoni to’kilishiga rozi bo’lmagan, u ba’zi to’qima ilohlar kabi qonga muhtoj emas. Siz ham o’z "Ismoilingiz”ni qurbon qilganingiz bilan, Alloh uni sizga albatta qaytarib beradi. Faqat darajangiz ko’tarildai, bu dunyoga bog’lanib qolishdan qutulasiz. "Ismoilingiz”ga qo’shib bitta qo’chqorlik ham bo’lib olasiz va keyin o’z "qurbon hayitingizni” bayram qilishingiz mumkin!

Maqola muallifi : Avaz Berdiqulov

Odamlar-orasida gazetasidan olindi
Просмотров: 1061 | Добавил: xzafar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024
Bizning so`rov
Оцените мой сайт
Всего ответов: 146
Arxiv
Kichkina chat
200
Saytimiz do`stlari
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Malumot

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0